Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruv Kengashi tashkil etildi
19.09.2024
Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruv Kengashi tashkil etildi
Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruv Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) va «DMO Karakalpakstan» qo‘shma loyihasi doirasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining qo‘llab-quvvatlashi bilan tashkil etilgan ushbu Kengashning asosiy maqsadi – davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Yig‘ilish davomida turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, «DMO Karakalpakstan» tashkiloti tomonidan ushbu sohadagi amaldagi me’yoriy hujjatlarning tahlil natijalari taqdim etilib, Qoraqalpog‘istonda turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
Muvofiqlashtiruv Kengashi yig‘ilishlari har uch oyda bir marta o‘tkaziladi. Shu tariqa, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari turizmning samarali rivojlanishiga hamda ushbu sohada yangi imkoniyatlar eshigining ochilishiga ko‘mak beradi, deb ishonamiz.
Copyright © DMO Karakalpakstan. All Rights Reserved.